Quvnoq Kutubxona!

Stiv Jobsning o'limidan oldin aytgan oxirgi so'zlari
Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs zamonamizning eng mashhur odamlaridan sanaladi. Apple kompaniyasi ko'plab pozitsiyalar bo'yicha jahonning eng yetakchi o'rinlariga ko'tarilganiga qaramasdan, Jobs doimo oddiy va kamtar odam bo'lib qolgan. Yaqinda uning shifoxona palatasida o'limidan avval qoldirgan oxirgi maktubi chop etildi. Uning bu so'zlari eng nozik qalb torlarini ham junbushga keltiradi.

“Men biznes dunyosidagi cho'qqilarni zabt eta oldim. Ko'pchilik mening hayotimni muvaffaqiyat timsoli deb ataydi. Biroq men tan olaman, ishimdan tashqari hayotimda uncha ham quvonchlarim ko'p emas. Va umuman, boylik bu men turmushimda ko'nikib qolgan bir voqelikdir.

Ayni paytda men shifoxona to'shagida yotibman va butun hayotimni ko'z o'ngimdan o'tkazmoqdaman. Men faxrlangan boylik va e`tirof bostirib kelayotgan o'lim oldida o'zining avvalgi qiymatini yo'qotganini endigina anglamoqdaman.

Men qorong'ulikda xayotni ta`minlovchi qurilmadan taralayotgan yashil nurga qaraganimda va o'ziga xos mexanik tovushni eshitganimda, o'limning yaqinlashayotgani va Tangrining nafasini sezmoqdaman.

Endi, menda yetarlicha pul bo'lganda, hayotning boylik bilan bog'liq bo'lmagan boshqa masalalari haqida o'ylash vaqti keldi...

Hayotda boylikdan bo'lak boshqa muhimroq narsalar ham bor... Ehtimol bu kimdir uchun munosabatlar, kimdir uchun san`at yoki bolalikdagi orzudir...

Boylik ortidan doimo quvish odamni marionetkaga aylantirib qo'yadi. Bu men bilan ham yuz berdi. Tangri biz yaqinlarimizga muhabbatimiz haqida gapira olishimiz uchun bizga tuyg'ular berdi. Men hayotimda yiqqan boylikni o'zim bilan narigi dunyoga olib keta olmayman. Men o'zim bilan olib keta oladigan narsa bu faqatgina muhabbat bilan bog'liq xotiralardir. Mana sizning ortingizdan boruvchi, sizga hamrohlik qiluvchi, sizga olg'a borishga kuch beruvchi asl boylik nima.

Muhabbat katta masofalarni kecha olishga qodir. Hayotning cheki yo'q. Siz erishmoqchi bo'lgan cho'qqilarga erishing. Qalbingiz chorlayotgan joyga boring. Bularning barchasi sizning qo'lingizda.

Biz qo'ldan boy bergan moddiy narsalarga yana erishishimiz, ishlab topishimiz, izlab topishimiz mumkin. Biroq bir narsa borki, biz uni yo'qotsak, boshqa qayta topa olmaymiz. Bu hayotdir.

Hozir siz necha yoshda ekanligingiz va nimaga erishganligingiz ahamiyatsiz. Barchamizda bir kun parda tushiriladigan kun keladi...

Sizning xazinangiz – bu oilangiz, sevgan yoringiz, yaqinlaringiz, do'stlaringizga bo'lgan muhabbatingiz. Shunday ekan, bir-biringizni asrang. Boshqalar haqida g'amxo'rlik qiling”, deb o'z maktubini yakunlaydi Jobs.

Umid.lark.Ru Bizdan uzoqlashmang!

Форум сайтостроителей

Ortga qaytish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz!
Administrator

Do'stlaringizni ham taklif qilishni Unutmang!
UMID © 2014